Ekspedisiya Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazildi.
Qazishmalar jarayonida yodgorlikning quyi qismida joylashgan ibodatxona qoldiqlari hamda metalldan yasalgan sovut bo‘laklari topilgan.
Mutaxassislar fikricha, qadimda odamlar ibodatxonaga o‘zlarining eng yaxshi buyumlarini sovg‘a qilish an’anasiga amal qilishgan. Shu sababli jangchiga tegishli sovut ham diniy ehson sifatida qoldirilgan bo‘lishi mumkin.