Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida YUNESKO Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida YUNESKO Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi

Suhbat avvalida Odri Azule davlatimiz rahbarini tarixiy voqea – tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi so‘nggi 40 yilda ilk bor YUNESKOning Parij shahridagi bosh qarorgohi tashqarisida o‘tkazilayotgani bilan samimiy tabrikladi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan YUNESKOning uchta muhim rezolyusiyasi qabul qilindi. Tashkilotning maxsus ro‘yxatlariga O‘zbekistonning bir qator yangi ob’ektlari va madaniy qadriyatlari kiritildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari hamda xalqimizning boy madaniy merosini keng ommalashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun Odri Azule xonimga davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Kiritildi: 16:15 30.10.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!