"World justice project" xalqaro tashkilotining Huquq ustuvorligi indeksi 2025 yilgi natijalari e’lon qilindi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 3 pog‘ona ko‘tarilib, 143 mamlakat orasida 81-o‘rinni egalladi.
Indeks 8 ta indikatorni:
“Hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi”,
“Korrupsiyaning mavjud emasligi” ,
“Davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi)”,
“Asosiy huquqlarni himoya qilish”,
“Tartib va xavfsizlik”,
“Huquqni muhofaza qilish”, “Fuqarolik va jinoiy odil sudlov” kabi indikatorlarni o‘z ichiga oladi.
Ahamiyatlisi, indeksning “Korrupsiyaning mavjud emasligi” faktorida ham mamlakatimiz ko‘rsatkichida o‘sish qayd etilib, 0.47 ball bilan 67-o‘ringa ko‘tarilgan.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning korrupsiyaga oid ushbu faktordagi ko‘rsatkichlari so‘nggi yillar davomida ko‘tarilib kelmoqda (2016 yilda 0.33 ball bilan 113 mamlakat orasida 96-o‘rinni egallagan).