Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Prezident matbuot kotibi Samarqandda brifing o‘tkazdi

Prezident matbuot kotibi Samarqandda brifing o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun Samarqand shahrida o‘z ishini boshlaydigan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi.

"Bugun Samarqand shahrida o‘z ishini boshlaydigan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdim.

Eng muhim ma’lumotlar:

- Bu tarixiy voqea so‘nggi 40 yil ichida ilk bor Parijdagi bosh qarorgohdan tashqarida va birinchi marta Markaziy Osiyoda o‘tkazilmoqda, YUNESKO tashkil etilganining 80 yilligi bilan bir vaqtda o‘tmoqda;

- 43-sessiya mintaqa tarixidagi eng yirik xalqaro forumlardan biri bo‘ladi. Unda 190 ta a’zo davlat va xalqaro tashkilotlardan 2 ming 800 dan ortiq vakil, shu jumladan 70 ga yaqin yuqori darajali shaxslar ishtirok etadi;

- tantanali ochilish marosimida faxriy mehmonlar sifatida tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini ham qatnashadi;

- Samarqand sessiyasi doirasida 150 dan ortiq turli tadbirlar, shu jumladan O‘zbekiston tashabbusi bilan 20 dan ziyod qo‘shimcha tadbirlar tashkil etiladi;

- tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Davlatimiz rahbarining nutqida bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda;

- tadbir doirasida Prezidentimiz Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini va YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi;

- YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi dunyo va mamlakatimizning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jami 500 dan ziyod jurnalist tomonidan yoritiladi. Samarqandda ularning samarali faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan" - deyiladi Sherzod Asadovning ijtimoiy tarmoqlardagi postida.

Kiritildi: 10:45 30.10.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!