 
        Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tumani bo‘limi, DXX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.D. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, "Ixlos" MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu sexdan 21 250 dona qalbaki aksiz marka, 480 litr spirt, 1 954 dona qalbaki “QR-kod” markirovka, 10 000 dona yorliq, 134 dona “Qaratau” nomi tushirilgan qalbaki alkogol hamda ishlab chiqarishda foydalanilgan uskuna va boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi