Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

YUNESKOning dunyo bo‘ylab amalga oshiriladigan yangi loyiha va tashabbuslariga aynan Samarqanddan turib start beriladi

YUNESKOning dunyo bo‘ylab amalga oshiriladigan yangi loyiha va tashabbuslariga aynan Samarqanddan turib start beriladi

Samarqandda o‘tadigan YUNESKOning 43-sessiyasi bu nafaqat O‘zbekiston uchun, balki mintaqa va dunyo uchun ham katta ahamiyatga ega!

Sessiya doirasida O‘zbekistonning YUNESKOning oliy ta’lim bo‘yicha Global konvensiyasiga qo‘shilishi kutilmoqda, ilk bor nufuzli tashkilotning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mintaqaviy markazi ochiladi, Beruniy mukofoti sovrindorlari e’lon qilinadi.

Sessiya kun tartibi rang-barang, hattoki gender tengligi, sun’iy intellekt kabi mavzularni ham qamrab olgan.

Fursatdan foydalanib, sessiya orqali O‘zbekiston madaniy diplomatiyasi, boy tarixi va merosi xalqaro sahnada kengroq namoyon bo‘ladi, turizm rivojida yangi davr boshlanadi.

Tan olish kerak, bu voqe’lik faqatgina O‘zbekiston emas, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ilmiy, madaniy va ta’lim borasidagi xalqaro hamkorlikni yanada jonlantirish, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi.

Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonning dunyo uzra mavqeyi ortayotganidan, Muhtaram Prezidentimiz yuritayotgan faol va oqilona siyosat jahon hamjamiyati tomonidan tan olinayotganini anglatadi!

Bir so‘z bilan aytganda, YUNESKO 43-sessiyasining Samarqandda o‘tkazilayotgani — bu O‘zbekiston uchun katta sharaf va mas’uliyat!

Hech ikkilanmay, 43-sessiyani Vatanimiz solnomasiga bitiladigan tarixiy lahzalar, madaniy dialogning yangi bosqichi deyish mumkin!

Dunyo bo‘ylab davom etayotgan geosiyosiy murakkab bir davrda O‘zbekiston jahonga shu zaylda tinchlik va do‘stlikni tarannum etishda davom etadi.

Kiritildi: 11:25 29.10.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!