Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ispaniyadagi aeroport noma’lum dron tufayli yopildi — EFE

Ispaniyadagi aeroport noma’lum dron tufayli yopildi — EFE

Nashr xabariga ko‘ra, Ispaniya janubi-sharqidagi Alikante xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida kecha 27 oktyabr kechqurun noma’lum uchuvchisiz apparat aniqlangan. Shu sababli, samolyotlarning qabul qilinishi va jo‘natilishi ikki soatga to‘xtatilgan, bir nechta reys yaqin atrofdagi aeroportlarga yo‘naltirilgan.

Ispaniya huquq-tartibot organlari dronni kim va qayerdan uchirganligi bo‘yicha tergov olib bormoqda. Qidiruv ishlari aeroportga yaqin joylashgan Torreliano hududida amalga oshirilmoqda. Dronlarni aniqlash, kuzatish va bartaraf etish imkonini beruvchi AeroScope tizimidan foydalanilmoqda.

So‘nggi haftalarda Germaniya, Daniya va Norvegiyada, jumladan aeroportlar yaqinida, noma’lum uchuvchisiz uchish apparatlari bir necha bor kuzatildi, bu esa ularning faoliyatiga xalaqit berdi. Dronlarni uchirganlikda Rossiya gumonlanmoqda, Moskva esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

Kiritildi: 19:32 28.10.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!