Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston hukumati korrupsiya holatlari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazuvchi uchta OAVni “ekstremistik tashkilot” deb e’lon qildi

Qirg‘iziston hukumati korrupsiya holatlari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazuvchi uchta OAVni “ekstremistik tashkilot” deb e’lon qildi

Qirg‘iziston hukumati korrupsiya holatlari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazuvchi uchta OAVni “ekstremistik tashkilot” deb e’lon qildi — BBC.

Bishkek sudi “Kloop” nashrini hamda Temirov Live va “Ayt Ayt Dese” nomli YouTube-kanallarini “ekstremistik tashkilotlar” deb topdi va jurnalistlarga internetda ushbu manbalarning materiallarini joylashtirishni taqiqladi. Bu haqda Bishkekning Oktyabr tumani sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, “Kloop” va Temirov Live asoschilarining faoliyati ham ekstremistik deb topilgan. “Kloop” nashrining asoschisi Rinat Tuxvatshin, Temirov Live va “Ayt Ayt Dese” kanallarining asoschisi esa Bolot Temirov hisoblanadi.

Sud qarorining bajarilishini Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish va innovasion texnologiyalar vazirligi huzuridagi aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmati ijro etishi belgilangan.

“Kloop” va Temirov Live mamlakatdan noqonuniy ravishda pul chiqarish, korrupsiya va Rossiya kompaniyalarining Qirg‘iziston firmalari orqali sanksiyalarni chetlab o‘tish sxemalari bo‘yicha olib borgan jurnalistik surishtiruvlari bilan tanilgan edi.

Har ikki nashr xodimlariga “ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilish” ayblovi qo‘yilgan. To‘rt nafar jurnalist olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan, yana to‘rt nafari esa uch yillik sinov muddati bilan jazolangan", deya yozmoqda BBC.

Kiritildi: 18:34 28.10.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!