Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

“A1” guvohnomasini olish uchun imtihonda nechta to‘g‘ri javob topish kerak?

“A1” guvohnomasini olish uchun imtihonda nechta to‘g‘ri javob topish kerak?

“A1” guvohnomasini olish uchun imtihonda 16 ta to‘g‘ri javob topish kifoya.

Moped va skuter haydovchilari uchun yangi qulayliklar amalga oshirilyapti. Bu o‘zgarishlar ayniqsa, minglab kuryerlar uchun ham katta yengillik yaratishi kutilyapti. Vazirlar Mahkamasining yangi qarori bilan haydovchilik guvohnomasi olish, avtomaktablarda o‘qish va jarima ballari tizimi tubdan yangilanyapti.

Eng katta yangilik — 2026 yil 1 yanvardan “A1” kichik toifali guvohnoma joriy etiladi. Endi moped va skuter egalari nazariy va amaliy kurslarga majburiy qatnashmaydi, mustaqil tayyorgarlik ko‘rib imtihon topshirish imkoniga ega bo‘ladi. Testdagi 20 savoldan 16 tasiga to‘g‘ri javob berganlar esa “A1” guvohnomasini olishadi. Shu bilan birga, “A”, “B”, “C” va “D” toifadagi haydovchilar uchun alohida ruxsatnoma olish talab etilmaydi.

2026 yil 1 fevraldan boshlab “A” va “B” toifalari bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlarni mustaqil o‘zlashtirish huquqi beriladi. Bu avtomaktablardagi byurokratik to‘siqlarni qisqartirishi aytilyapti. Qolaversa, endilikda guruh to‘lishini kutib o‘tirish shart emas. Har bir talabgor o‘ziga qulay vaqtda tayyorgarlikni boshloladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 apreldan jarima ballari tizimi yangicha asosda ishlaydi. Endilikda kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun balllar avtomashina egasiga emas, balki haydovchiga yoziladi. Bu odillikni ta’minlabgina qolmasdan, barcha haydovchilarni mas’uliyatli bo‘lishga chorlaydi deb o‘ylayman.

Kiritildi: 16:12 27.10.2025. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!