Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Noma’lum yuk ortgan Rossiya samolyoti Venesuelaga yetib keldi

Noma’lum yuk ortgan Rossiya samolyoti Venesuelaga yetib keldi

Rossiyaning "Aviakon Sitotrans" aviakompaniyasiga tegishli Il-76TD samolyoti noma’lum yuk bilan Venesuelaga yetib keldi.

Bu haqda "Voyenniy Osvedomitel" Telegram-kanali xabar berdi.

FlightRadar24 ham samolyot Venesuelaga yetib kelganini tasdiqladi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot 22 oktyabr kuni Rossiyadan uchib Armaniston, Jazoir, Marokash, Senegal va Mavritaniyada to‘xtagan.

2023 yil yanvar oyida "Aviakon Sitotrans" sanksiyaga uchragan Rossiya kompaniyalari uchun yuk tashish uchun AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shildi.

Avvalroq CNN telekanali AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela hududiga zarbalar berishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Maqsad kokain ishlab chiqarish korxonalari bo‘ladi. Muhokamalarda bevosita ishtirok etgan amaldorlardan biri AQSh prezidentiga bir nechta variant taqdim etilgani va AQSh hukumati darajasida rejalashtirish davom etayotganini aytdi.

Kiritildi: 10:00 27.10.2025. O'qildi: 1898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!