 
        2026 yil 1 yanvardan boshlab, Rossiyaning bir qator hududlarida migrantlar uchun patent uchun to‘lov miqdori oshiriladi. Bu haqda mahalliy hokimiyatlar va qonunchilik organlari ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘lov miqdori har bir hududda turlicha bo‘ladi. Masalan, Tyumen viloyatida patent narxi 22 foizga oshirilib, 11 471 rubl (taxminan 144 dollar) etib belgilanmoqda. Kamchatka o‘lkasining yangi tarifiga ko‘ra, to‘lov 9 ming rubldan 13 800 rublgacha (173 dollar) ko‘tariladi.
Irkutsk viloyatida 2026 yildan patent oylik to‘lovi 12 ming rubl (150 dollar) etib belgilanadi. Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida ham bu miqdor 6 ming rubldan 8 ming rublgacha (100 dollar) oshiriladi.
Novosibirsk shahrida patent narxi 10 860 rublgacha ko‘tarilib, bu 2025 yilga nisbatan 11 foizga ko‘pdir. Mahalliy hokimiyatlar bu orqali byudjetga qo‘shimcha 2,5 milliard rubl tushishini kutmoqda.
Krasnodarda patent to‘lovi qariyb 59 foizga oshirilib, 27 ming rublga yetadi. Sverdlovsk viloyatida esa yangi to‘lov miqdori 9500 rubl etib belgilangan bo‘lib, bu orqali hudud byudjetiga 4 milliard rubl qo‘shimcha daromad kirishi kutilmoqda.
Primorye hududida ham patent narxi 13 800 rubl etib belgilanadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Rossiyada mehnat patentlari narxi har yili qayta ko‘rib chiqiladi. To‘lov hajmi hududning iqtisodiy darajasi va ish bozori ehtiyojlariga qarab belgilanadi.
Shu bilan birga, patent uchun hujjat to‘plash jarayoni migrantlar uchun taxminan 30 ming rublga tushadi. Oylik to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlar Rossiya hududidan chiqarib yuborilishi mumkin.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi