O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “O. G. B.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-95 markali avtobenzindan namuna olingan va laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga muvofiq kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida – 62,2 mln so‘m jarima qo‘llandi.
1️⃣ Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiqda saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifati qayta tiklanishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.