Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi

O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi

O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portal” nomli yangi elektron platforma ishga tushirildi. Yangi tizim fuqarolarga haj va umra ziyoratlariga qatnashish uchun arizani onlayn tarzda yuborish imkonini beradi.

Loyihaning asosiy maqsadi — ziyoratchilarni ro‘yxatga olish jarayonini qulay, shaffof va inson omilisiz amalga oshirishdir. Portal orqali haj safariga borishni xohlovchi fuqarolar uchun yagona elektron navbat shakllantiriladi hamda arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.

Yangi tizim fuqarolarga uydan chiqmasdan turib ariza topshirish imkonini beradi. Bu orqali turli tashkilotlarga shaxsan borish, hujjat to‘plash yoki ortiqcha byurokratik jarayonlardan o‘tish zarurati yo‘qoladi.

Ariza quyidagi ikki yo‘l bilan topshiriladi:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali;

haj-umra.gov.uz saytida.

Ushbu tashabbus ziyoratchilar uchun qulaylik yaratish bilan birga, navbat tizimini adolatli va avtomatik boshqarishni ta’minlaydi.

Kiritildi: 23:35 23.10.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!