Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiyaning eng yirik uch savdo hamkoridan biriga aylandi

Evropa Ittifoqi Rossiyaning eng yirik uch savdo hamkoridan biriga aylandi

Evropa Ittifoqi Rossiyaning uchinchi yirik savdo sherigi bo‘lib qolmoqda.

Bu haqda Germaniya iqtisodiyot institutiga (Institut der deutschen Wirtschaft, IW) tayanib, Bild nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilda Rossiyaning YEIga eksporti 18 foizga oshgan.

"Ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 67,5 milliard yevroni tashkil etadi", — deyiladi maqolada.

Avvalroq Reuters agentligi manbalariga tayanib, Vashington YEIning Rossiya bilan savdoga bo‘lgan munosabatidan norozi ekanini ma’lum qilgandi. Nashrning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar o‘zining yevropalik ittifoqchilari qo‘shimcha sanksiyalar yoki tariflarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan navbatdagi katta qadam tashlashni xohlaydi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!