Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

XOQ Indoneziyani baykot qilishga chaqirdi

XOQ Indoneziyani baykot qilishga chaqirdi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Ijroiya kengashi isroillik gimnastikachilarga jahon chempionatida qatnashish uchun vizalar rad etilgani sababli sport federasiyalariga Indoneziyada hech qanday turnir o‘tkazmaslikni tavsiya qildi.

XOQ, shuningdek, Indoneziya bilan 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni ham to‘xtatdi.

Tashkilot Ijroiya kengashi barcha xalqaro federasiyalarga hukumat fuqaroligidan qat’i nazar, barcha ishtirokchilarga kirishga ruxsat berish bo‘yicha yetarli kafolatlar bermaguncha Indoneziyada hech qanday sport tadbirlari yoki uchrashuvlarini o‘tkazmaslikni tavsiya qildi.

XOQ, shuningdek, Indoneziya Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOK) bilan kelajakdagi Olimpiya o‘yinlari, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari, Olimpiya tadbirlari yoki konferensiyalarni o‘tkazish bo‘yicha muloqotni to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziya 2030 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari va 2036 yilgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilishga da’vogar edi.

Kiritildi: 21:35 23.10.2025. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!