AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, u "Lukoyl" va "Rosneft"ga qarshi sanksiyalar joriy etishdan oldin uzoq kutgan.
Amerika yetakchisi Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qilgan.
"Men shunchaki vaqt keldi deb o‘yladim. Anchadan beri kutgandim", dedi u.
Amerika yetakchisi Rossiya-Ukraina mojarosi G‘azo sektoridagi mojaroga barham berish bo‘yicha kelishuvga erishilgunga qadar hal bo‘lishini kutayotganini ta’kidladi.
Tramp yana bir bor sakkizta mojaroga barham berganini da’vo qildi. "Bu urushlarning barchasini men boshdan kechirdim. Endi bittasi qoldi. Bizda bittasi qoldi, to‘qqiztasi bo‘ladi. Va menimcha, muvaffaqiyatga erishamiz", - deya ta’kidladi Amerika rahbari.