Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyaga hayrihoh bo‘lgan Vengriya Bosh vaziri AQShga tashrif buyuradi

Rossiyaga hayrihoh bo‘lgan Vengriya Bosh vaziri AQShga tashrif buyuradi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Vashingtonga tashrif buyurishga hozirlik ko‘rmoqda.

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan bo‘lib o‘tgan muzokaradan so‘ng bu haqda ma’lum qildi.

"Biz uchrashuvni ajoyib muhitda o‘tkazdik va u rejalashtirilganidan uzoqroq davom etdi, ammo buning uchun yaxshi sabablar bor edi, chunki tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakatlar va bosh vazirning Vashingtonga bo‘lajak tashrifi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishimiz kerak edi”, — dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri M1 telekanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 09:30 23.10.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!