NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans a’zo davlatlar havo hududini buzayotgan Rossiya samolyotlarini tutib olishini, biroq ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirsa, ularni urib tushirishga kirishishini aytdi.
Ryutte bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Agar kerak bo‘lsa, NATO bu samolyotlarni xavf tug‘dirsa, urib tushirishi mumkin. Agar ular xavf tug‘dirmasa, ular ushlab olinib, keyin ehtiyotkorlik bilan NATO havo hududidan chiqarib yuboriladi", - dedi u.