Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Senati qo‘mitasi Rossiyaga bosimni kuchaytirishga qaratilgan uchta qonun loyihasini ma’qulladi

 AQSh Senati qo‘mitasi Rossiyaga bosimni kuchaytirishga qaratilgan uchta qonun loyihasini ma’qulladi

Bu haqda AQSh Kongressi Senati a’zosi Jinn Shahin ma’lum qildi.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi quyidagi qonun loyihalari taklif qilinmoqda:

◾️ Qo‘shma Shtatlarda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun foydalanish;

◾️ Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatiga kiritish;

◾️ Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etish.

"Rossiyaga qarshi ko‘proq va keskinroq choralar ko‘rishimiz zarur. Ko‘rinishidan, Oq uy harakatga tayyor emas, shuning uchun Kongressning tashabbus ko‘rsatishi muhim", — dedi Shahin.

Kiritildi: 23:40 22.10.2025. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!