Bu haqda Politico xabar bermoqda.
"Unga ko‘ra Rossiya gazini import qilish 2026 yil 1 yanvardan taqiqlanadi, ammo amaldagi shartnomalar uchun o‘tish davri saqlanib qoladi. Uzoq muddatli shartnomalar 2028 yil 1 yanvargacha amal qilishi mumkin. Shu bois to‘liq taqiq 2028 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi", deya yozmoqda nashr.
Shuningdek, Yevropa Kengashi 2026 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya gazining Yevropa Ittifoqi hududi orqali boshqa mamlakatlarga tranzitini taqiqlash qarorini ham tasdiqladi.