Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Boliviya prezidentlik saylovlarida Rodrigo Pas g‘alaba qozondi

Boliviya prezidentlik saylovlarida Rodrigo Pas g‘alaba qozondi

Boliviyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida senator Rodrigo Pas 97,53 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi, deb xabar beradi TASS.

Janubiy Amerika Oliy saylov sudi ma’lumotiga ko‘ra, markazchi Xristian-demokratik partiyasi vakili Pas 54,54% ovoz to‘plagan bo‘lsa, 45,46% ovoz sobiq prezident (2001–2002), o‘ngchi «Ozodlik va demokratiya uchun» alyansi vakili Xorxe Kirogaga berilgan.

Oliy saylov sudi rahbari Oskar Assenteufel matbuot anjumanida ovozlarni sanash natijalari dastlabki bo‘lsa-da, “tendensiyani qaytarib bo‘lmaydi” dedi.

Rodrigo Pas Boliviya sobiq prezidenti Xayme Pas Samoraning o‘g‘li. U mamlakatni 1989–1993 yillar oralig‘ida boshqargan. Rodrigo Pas soliq tushumlarini hududlar va munispalitetlarga qayta taqsimlash, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun arzon kreditlar va soliq imtiyozlari dasturini joriy etish orqali iqtisodiyotni markazsizlashtirishni taklif etyapti.

Pas Boliviya Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan munosabatlarni tiklash va mintaqaviy hamkorlikni, jumladan Janubiy Amerikaning umumiy bozori (Merkosur) doirasida rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratish bilan birga, dunyodagi boshqa davlatlar bilan aloqalarni faollashtirish zarur, deb hisoblaydi.

Saylangan prezident 8 noyabrda vazifasiga kirishadi.

Kiritildi: 14:46 20.10.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!