Yakshanba kuni Luvr muzeyidan nimalar o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi. Jinoyatchilar atigi 7 daqiqa ichida fransuz imperatorlariga tegishli qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketgan.
Le Parisien nashrining xabar berishicha, jinoyatchilar Fransiya imperatorlariga tegishli 9 ta buyum – taqinchoqlar va idish-tovoqlar to‘plami, marjon, sirg‘a, ikkita toj va to‘g‘nog‘ichni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
The New York Times gazetasi hokimiyat vakillari "bebaho" deb baholagan 5 ta buyum haqida batafsil ma’lumot berdi:
▪️Malika Yevgeniyaning 212 ta marvarid, 1998 ta yirik va 992 ta mayda brilliant bilan bezatilgan toji;
▪️Malika Yevgeniyaning 2438 ta yirik va 196 ta mayda brilliant bilan bezatilgan hashamatli bezagi;
▪️ 1855 yilgi malika Yevgeniya to‘g‘nog‘ichi;
▪️ Lui Bonapartning rafiqasi malika Gortenziya va Lui Filipp I ning rafiqasi malika Mariya-Ameli taqib yurgan to‘plamga mansub bitta safir sirg‘a;
▪️ Napoleon o‘zining ikkinchi rafiqasi Mariya Luizaga zumrad to‘yi munosabati bilan sovg‘a qilgan zumrad va olmos marjonlar to‘plami.
O‘g‘rilar malika Yevgeniyaning tojini ham o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan, biroq soqchilar paydo bo‘lgach, uni qoldirib ketishga majbur bo‘lishgan.
Le Parisien nashrining xabar berishicha, o‘g‘irlangan yana bir buyum topilgan, ammo uning qanday buyum ekanligi aniqlanmagan.