Vashington universiteti olimlari yangi mobil ilova yaratdilar. Undan foydalanib, selfi usulida rasmga tushgan kishi oshqozon osti bezini skrining tekshiruvidan o‘tkazish va bu a’zoda saraton bor-yo‘qligini aniqlash imkoniga ega. Ma’lumotlar smartfon kamerasi orqali ko‘rinadi.
Shu paytgacha 70 nafar kishi tekshiruvda sinab ko‘rildi va aniq javob qayd etildi.
530 ta chaqaloqning qonidagi bilirubin miqdoridan voqif bo‘lindi. Mutaxassilar mazkur tekshiruvni har kim bir oyda bir marta uy sharoitida amalga oshirib turishini maslahat bermoqdalar.