Ayni damda Igor Kartavix Rossiyaga uchib ketgani ham qo‘shimcha qilindi
Bu haqda RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“O‘zimni yaxshi his qilyapman”, uyga qaytganimdan xursandman”, dedi Igor Moskvaga qaytgach.
Eslatib o‘tamiz, Bokuda Sputnik Ozarbayjon rahbari Igor Kartavix uy qamog‘iga olingan edi.
Avvalroq “Rossiya Segodnya” xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselev Sputnik Ozarbayjon tahririyati direktorining dastlabki qamoqqa olish tarzi uy qamog‘iga o‘zgartirilganini ma’lum qilgandi.