Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Gonkong aeroportida yuk samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, dengizga tushib ketdi — Reuters

Gonkong aeroportida yuk samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, dengizga tushib ketdi — Reuters

Agentlikning xabar berishicha, hodisa bugun, 20 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:50 da sodir bo‘lgan. Samolyot Dubaydan uchib kelgan.

Flightradar24 xizmatining ma’lum qilishicha, u Turkiyaning AirACT aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747 samolyoti bo‘lib, Emirates uchun yuk reysini bajarayotgan edi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, samolyot yerusti transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Mashina ichida bo‘lgan ikki kishi dastlab bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, ammo u ham ko‘p o‘tmay vafot etgan. Yuk samolyoti ekipaji tarkibidagi 4 kishi jabrlanmagan.

Kiritildi: 10:10 20.10.2025. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!