Juma kuni kechqurun Isroil OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, G‘azo sektori janubida joylashgan Rafah shahrida terrorchilar isroillik askarlarga hujum qilgan. Hodisa natijasida jarohat olganlar bo‘lmagan, ammo Isroil Havo kuchlari bu hujumga javoban mintaqadagi bir necha nishonlarga zarba berdi — bu falastinliklar tomonidan sulh shartlarining buzilishi deb baholangan.
Isroil armiyasi vakili bu ma’lumotlar hali ham tekshirilayotganini bildirgan. Biroq Al-Arabiya telekanali SAXAL tomonidan uchta aviahujum amalga oshirilganini ma’lum qildi.
📌 10 oktyabrdan beri G‘azo sektorida Isroil va XAMAS terrorchilik tashkiloti o‘rtasida rasmiy sulh amalda. Shunga qaramay, bu davr ichida bir necha marta zo‘ravonlik holatlari kuzatildi.
Avvalroq AQSh yangi keskinlik rivojlanishidan ogohlantirgan edi. AQSh Davlat departamenti o‘z bayonotida falastinlik fuqarolarga qarshi «yaqinlashib kelayotgan» hujum xavfi haqida xavotir bildirgan. Bunday hujum «otishmani to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning bevosita va jiddiy buzilishi» sifatida baholanishi va tinchlik jarayonidagi yutuqlarga shikast yetkazishi mumkinligi ta’kidlangan.
Javob tariqasida XAMAS bu bayonotlarni «asossiz da’volar» deb atab, ularni Isroil propagandasiga mos deb baholadi.