Ukraina prezidenti bu haqda NBC News'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Men urushni tugatishimiz kerakligini tushunaman va bu jarayonni askarlarimiz hozirda joylashgan hududdan, to‘qnashuv chizig‘idan boshlashimiz zarur. Agar biz bu urushni zudlik bilan, diplomatik yo‘l orqali to‘xtatib, tinchlik muzokaralarini boshlamoqchi bo‘lsak, o‘z joyimizda qolishimiz kerak", — dedi Zelenskiy.