Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Evropa Ittifoqi rasmiylari Yevropaning mudofaa tayyorgarligini kuchaytirish uchun 1,5 milliard yevro ajratishni ma’qulladi

Evropa Ittifoqi rasmiylari Yevropaning mudofaa tayyorgarligini kuchaytirish uchun 1,5 milliard yevro ajratishni ma’qulladi

Evropa Ittifoqi rasmiylari Yevropaning mudofaa tayyorgarligini kuchaytirish uchun 1,5 milliard yevro ajratishni ma’qulladi — Bloomberg.

Nashr xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida olti oylik navbatdagi raislikni amalga oshirayotgan Daniya, Yevroparlament muzokarachilari bilan 2027 yilgacha mudofaa uchun grantlar ko‘rinishida moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.

Evropa Ittifoqi bayonotiga ko‘ra, mablag‘ning beshdan bir qismi Ukraina bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikka yo‘naltiriladi. Dasturning maqsadlari Yevropa Ittifoqining AQSh qurollariga qaramligini kamaytirish, xaridlarni oqilona tashkil etish va Yevropaning tarqoq mudofaa hamda aerokosmik sanoatini yanada raqobatbardosh qilishdan iborat.

Dastur Yevropa Ittifoqining yangi byudjeti kuchga kirgach, yangi mablag‘lar bilan to‘ldiriladi. Uning 2028-2034 yillarga mo‘ljallangan xarajatlar rejasida mudofaa va koinot uchun 131 mlrd yevro ajratish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 18:47 17.10.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!