Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp va Putinning uchrashuvi Ukrainaning sa’y-harakatlariga putur yetkazishi mumkin — Bloomberg

Tramp va Putinning uchrashuvi Ukrainaning sa’y-harakatlariga putur yetkazishi mumkin — Bloomberg

Nashr e’lon qilgan maqolada aytilishicha, Donald Trampning Kiyevga uzoq masofali Tomahawk raketalarini yuborish imkoniyati haqida ham, Senatning Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga urinishlari haqida ham noaniq fikr bildirgani Zelenskiyni xavotirga solmoqda.

Bloomberg bilan suhbatlashgan ekspertlar fikriga ko‘ra, Rossiya AQShning unga qarshi choralarini yana bir bor kechiktirishga erishgan.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining Rossiya va Yevroosiyo bo‘yicha katta ilmiy xodimi Mariya Snegovaning fikricha, Putin, aslida, Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga juda zarur qurol-yarog‘ yetkazib berishini va Tramp va’da qilgan energetika sanksiyalarini kechiktirib, vaqtdan yutmoqda.

Amerikaning yangi xavfsizlik markazi katta ilmiy xodimi Selesta Uollander esa agar uchrashuv maqbul kelishuvga erishish bilan yakunlanmasa, bu yana Putinga dunyoga “vaziyatni ma’lum darajada nazorat qilayotgani haqida signal yuborish” imkonini beradi, degan fikrda.

Kiritildi: 18:39 17.10.2025. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!