AQSh Alyaskadagi sammitdan so‘ng Rossiya ichkarisidagi ob’ektlarga zarba berish uchun ma’lumotlarni Ukraina bilan bo‘lisha boshlagan — CNN.
Telekanalning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Vashington tomonidan Kiyevga taqdim etilgan ma’lumotlar ilgari Tramp ma’muriyati tomonidan “nomaqbul nishonlar” deb hisoblangan Rossiya energetika ob’ektlari va infratuzilmasiga taalluqli bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Oq uy sammit oldidan Ukrainadan Rossiyaning neft, gaz va energetika infratuzilmasiga zarba bermaslikni so‘ragan. Biroq Tramp va Putin tinchlik kelishuviga erishmasdan Alyaskani tark etgach, AQSh Ukrainaga ushbu nishonlarga hujumlarni qayta boshlash uchun “yashil chiroq” yoqqan.
"Hozirda Ukraina Rossiya energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berishning maqsadli strategiyasini qabul qilgan. Kiyev energetikaga zarbalarni strategik natijaga erishishning qolgan kam sonli usullaridan biri, deb hisoblamoqda", deyiladi telekanal xabarida.