Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Namanganda xorijga ishga yuboruvchi firibgarlar ushlandi​​​​​​​

Namanganda xorijga ishga yuboruvchi firibgarlar ushlandi​​​​​​​

Namangan shahrida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K.ning ishonchiga kirib, 2 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Boshqa bir holatda esa fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 mln so‘m evaziga Slovakiya davlatiga ishga yuborishi uchun kelishilgan pullar hisobidan 600 AQSh dollari va 2,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:55 16.10.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!