Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatish kerak — Donald Tramp

Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatish kerak — Donald Tramp

AQSh prezidenti Ukraina va Rossiya yetakchilariga urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatish keraklini uqtirgani haqida gapirdi.

"Men prezident Zelenskiy bilan uchrashganimni bilasizlar. Nazarimda, biz juda yaxshi, iliq va do‘stona uchrashuv o‘tkazdik. Ular zudlik bilan urushni to‘xtatishlari shart. Hozir u qayerdan o‘tishidan qat’i nazar, front chizig‘ida to‘xtatish kerak, aks holda hamma narsa juda chalkashib ketadi va tushunib bo‘lmaydigan darajaga kelib qoladi. Front chizig‘ida to‘xtab, ikkala tomon ham uyga, o‘z oilalari bag‘riga qaytishi, qotilliklarni to‘xtatishi lozim, tamom-vassalom. Hoziroq, front chizig‘i bo‘ylab janglarni to‘xtatish zarur. Men buni prezident Zelenskiyga aytdim. Buni prezident Putinga ham aytdim. Barchangizga katta rahmat", – dedi Tramp.

Kiritildi: 17:03 18.10.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!