Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin Tramp bilan uchrashish uchun Budapeshtga ancha uzoq yo‘ldan borishi mumkin — Air Live

Putin Tramp bilan uchrashish uchun Budapeshtga ancha uzoq yo‘ldan borishi mumkin — Air Live

Rossiya prezidentining samolyoti Vengriya poytaxtiga Qora dengiz, Turkiya, O‘rta yer dengizi, Chernogoriya va Serbiya orqali parvoz qilishi kutilmoqda, deya yozmoqda nashr.

Air Live'ning taxminicha, Putinning samolyotini Rossiya va Turkiya qiruvchi samolyotlari dronlar yoki raketalardan kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlardan himoya qiladi.

"Ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan yo‘nalish eng real hisoblanadi, chunki u Vengriyadan tashqari barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining havo hududini aylanib o‘tish imkonini beradi. Yevroittifoqning qolgan davlatlari 2022 yilning fevralida, Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlaganidan keyin rus samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopgan edi", deyiladi maqolada.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin Vengriya poytaxtida uchrashuv o‘tkazishga kelishgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 17:10 18.10.2025. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!