Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko “RIA Novosti”ga bergan intervyusida Vengriyada o‘tkaziladigan Rossiya-AQSh sammitiga tayyorgarlik haqida izoh berar ekan, Polsha, Bolgariya yoki Ruminiya kabi davlatlarning havo hududidan Rossiya hukumati samolyotlarining uchib o‘tishi masalasida aloqa o‘rnatish uchun hali erta ekanligini aytdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vengriyaga borishi uchun uning borti noan’anaviy yo‘nalish bo‘ylab, odatdagidan uzoqroq parvoz qilishi mumkinligini haqida aytilgan edi.