Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

NATO va Yevropa Ittifoqi mudofaa maqsadida “dronlar devori” loyihasini ishlab chiqmoqda

NATO va Yevropa Ittifoqi mudofaa maqsadida “dronlar devori” loyihasini ishlab chiqmoqda

NATO Bosh kotibi Mark Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, NATO va Yevropa Ittifoqi birgalikda “dronlar devori” g‘oyasi ustida ishlamoqda. Bu loyiha a’zo davlatlarni uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) hujumidan himoya qilishga qaratilgan.

Ryutte ta’kidlaganidek, bu jarayonda Yevropa Ittifoqi va NATO turli rollarni bajaradi: Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) harbiy imkoniyatlarni taqdim etsa, Yevropa Ittifoqi moliyalashtirishni ta’minlaydi.

Bunday “devor”ga ehtiyoj borligini ilgari NATOning sharqiy qanotida ham Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ta’kidlagan edi.

Biroq Yevropa Ittifoqining mudofaa bo‘yicha komissari Andryus Kubilyusning aytishicha, hozircha Yevropa Ittifoqining bu boradagi imkoniyatlari “juda cheklangan”. Reuters agentligining yozishicha, shu sababli loyiha hozircha noma’lum holatda qolmoqda.

Kiritildi: 08:45 16.10.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!