Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya sanksiyalar ro‘yxatini yangilab, unga Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalarini ham qo‘shdi

Buyuk Britaniya sanksiyalar ro‘yxatini yangilab, unga Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalarini ham qo‘shdi

"Ikkala kompaniya ham strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohada biznes yuritish orqali Rossiya hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda", deyiladi sanksiyalar ro‘yxati izohida.

Buyuk Britaniya “Rosneft” rahbari Igor Sechinga nisbatan shaxsiy sanksiyalarni 2022 yil mart oyida, “Lukoyl” rahbari Vagit Alekperovga nisbatan esa 2022 yil aprel oyidan boshlab joriy qilgandi, deb eslatdi “Meduza”.

15 oktyabr kuni yangilangan ro‘yxatga Hindistonning Nayara Energy kompaniyasi ham kiritilgan bo‘lib, uning egasi “Rosneft” hisoblanadi.

Sanksiyalar, xususan, qora ro‘yxatga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning barcha aktivlari Buyuk Britaniya hududida muzlatib qo‘yilishini anglatadi.

Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, “Rosneft” va “Lukoyl” Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgandi. AQSh Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli ushbu kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar kiritmagan, biroq ularning shu’ba korxonalari, shuningdek, ular bilan bog‘liq jismoniy shaxslarni qora ro‘yxatga qo‘shgan.

Kiritildi: 08:01 16.10.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!