♻️ Prezident topshirig‘iga binoan, 15 oktyabrdan boshlab mamlakat bo‘ylab umumxalq tozalik oyligi boshlanadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
🏘️ Oylik davomida:
• mahallalar, maktab va bog‘chalar, ko‘chalar hamda turar joylar atrofida tozalik ishlari amalga oshiriladi;
• yoshlar va volontyorlar ishtirokida tozalik aksiyalari va plogginglar o‘tkaziladi;
• barcha tashkilot rahbarlari shaxsan ishtirok etishlari kutilmoqda.
👮♂️ Shu bilan birga, Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etildi. Ular har bir hududda qat’iy ekologik nazoratni ta’minlab, jamoatchilikka kundalik axborot berib boradi.
📹 Respublika bo‘ylab o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari nazorati kuchaytiriladi, ekologik huquqbuzarliklarga qarshi reydlar o‘tkaziladi.