Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Afg‘onistonda yuz bergan 6 ballik zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi

Afg‘onistonda yuz bergan 6 ballik zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi

21 oktyabr kuni soat 23:14 da Afg‘oniston hududida magnitudasi 6 ballni tashkil etgan zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi.

Zilzila episentri Toshkentdan 556 km janubi-sharqda joylashgan. Episentrda sezilish kuchi 3 ballni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Surxondaryo viloyatida 3 ball, 349 km.
Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 438 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 489 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 492 km.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 493 km.
Samarqand viloyatida 2-3 ball, 505 km.
Namangan viloyatida 2-3 ball, 505 km.
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 536 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 556 km.

Kiritildi: 23:37 21.10.2025. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!