Mamlakat dunyodagi chivinlar uchramaydigan kam sonli hududlardan biri edi. Global iqlim isishi oqibatida Islandiya kabi sovuq o‘lkalarga ham hududga mansub bo‘lmagan mavjudotlar kirib bormoqda.
Islandiya Tabiatshunoslik instituti entomologi Matias Alfredsson yangilikni tasdiqlagan. Uning aytishicha, chivinlar Kyos mintaqasida topilgan. Hasharotlarni mahalliy tadqiqotchi aniqlab, institutga yuborgan. Ular uchta — 2 ta urg‘ochi va 1 ta erkak chivin bo‘lgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, hasharotlar “culiseta annulata” turiga mansubligi tasdiqlangan.