Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Makronning reytinggi kundan-kunga tushib bormoqda

Makronning reytinggi kundan-kunga tushib bormoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ifop-Fiducial "Fransuzlarning ellik sevimli siyosiy shaxsi" barometrida ko‘rinmagan birinchi Fransiya prezidenti bo‘ldi.

Bu haqda Paris Match nashri xabar berdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Makron Fransua Bayru bilan deyarli tenglashib, 51-o‘rinni egalladi (21,5% va 21,9% ijobiy baho). Uning o‘tmishdoshlari Nikolya Sarkozi va Fransua Olland prezidentlik davrida hech qachon 43-o‘rindan pastga tushmagan.

Ifop bosh direktori Frederik Dabi: "Fransuz respondentlarining 78 foizi endi Emmanuel Makron haqida salbiy fikrda (o‘tgan oy 70 foizga nisbatan)" - dedi.

Kiritildi: 08:00 15.10.2025. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!