Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada Mixail Xodorkovskiy va uning hamfikrlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Rossiyada Mixail Xodorkovskiy va uning hamfikrlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

FSB ma’lumotiga ko‘ra, “Antivoyenniy komitet Rossii” deb nomlangan va Rossiyada faoliyati nomaqbul deb topilgan tashkilot a’zolariga qarshi zo‘ravonlik yo‘li bilan hokimiyatni egallash, terrorchilik tashkilotini tuzish va terrorga da’vat qilish moddalari bo‘yicha ish ochilgan.

Jinoyat ishi Xodorkovskiydan tashqari sobiq bosh vazir Mixail Kasyanov, shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov, siyosatchi Leonid Gozman, galerist Marat Gelman, siyosatchi Vladimir Kara-Murza, jurnalist Viktor Shenderovich, sobiq deputat Dmitriy Gudkov, aktyor Artur Smolyaninov, siyosatshunos Yekaterina Shulman va tadbirkor Yevgeniy Chichvarkinga ham taalluqli ekani aytilgan.

FSB ma’lumoticha, “Antivoyenniy komitet Rossii” 2022 yil fevral oyida tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallash va konstitusiyaviy tuzumni o‘zgartirish bo‘lgan.

Tergov organlari Xodorkovskiy va uning hamfikrlari faoliyatini moliyalashtirish hamda Ukrainadagi ayrim qurolli tuzilmalar bilan aloqalarini tekshirmoqda.

Kiritildi: 19:32 14.10.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!