Nashrning Xitoy bojxonasi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 2025 yil yozida Xitoydan Rossiyaga dronlar uchun zarur bo‘lgan optik tolali kabellar, litiy-ion akkumulyatorlar va boshqa qismlar importi keskin oshgan.
"Optik tolali kabellar yetkazib berish hajmi rekord darajaga yetgan: may oyida umumiy uzunlik 191 ming kilometr, iyun oyida 209 ming kilometr, avgust oyiga kelib esa bu ko‘rsatkich 528 ming kilometrni tashkil yetgan. Litiy-ion batareyalar eksporti iyun oyida 54 million dollar, avgustda esa biroz kamayib 47 million dollarni tashkil etgan", deya yozmoqda The Washington Post.
Gazetaning qayd etishicha, Xitoyning litiy-ion batareyalari Rossiyada dron ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda, chunki mamlakatda elektromobil yoki elektronika ishlab chiqarish darajasi past. Optik tolali kabellar ham dronlarda ishlatilishi mumkin, ular orqali uchuvchisiz qurilmalar operatorlarga ulanadi va bu dronlarga radio to‘siqlardan himoyalanishga yordam beradi.