Venesuela Oslodagi elchixonasini yopganini e’lon qildi. Bu voqea Norvegiya Nobel qo‘mitasi venesuelalalik muxolifatchi siyosatchi Mariya Korina Machadoga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi, deya xabar berdi BBC.
Venesuela hukumati o‘z bayonotida Machadoga Nobel tinchlik mukofoti berish to‘g‘risidagi qarorni tilga olmadi va elchixonaning yopilishini "diplomatik xizmatni qayta tashkil etishning bir qismi", deya izohladi.
Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi Karakas Oslodagi elchixonani hech qanday tushuntirish bermay yopganini tasdiqladi.
Shuningdek, Venesuela Avstraliyadagi elchixonasini yopib, Zimbabve va Burkina-Fasoda yangi vakolatxonalar ochishini e’lon qildi. Mamlakat TIV ushbu Afrika mamlakatlarini "gegemonlarga qarshi kurashda strategik hamkorlar" deb atadi.