Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

AQShda “shatdaun” sabab ommaviy ishdan bo‘shatishlar — 4000 nafar federal xizmatchi ish joyini bo‘shatmoqda

AQShda “shatdaun” sabab ommaviy ishdan bo‘shatishlar — 4000 nafar federal xizmatchi ish joyini bo‘shatmoqda

1-oktyabrdan boshlab AQSh “shatdaun” holatida. Respublika va Demokratlar partiyalari o‘rtasidagi byudjet mojarosi sabab hukumat faqat eng zarur xarajatlarni moliyalashtiryapti, o‘n minglab xodimlar majburiy ta’tilga chiqarilgan.

Demokratlar partiyasini yon berishga majburlash maqsadida Tramp ma’muriyati bosimni kuchaytirmoqda va ommaviy ishdan bo‘shatishlarni boshladi. Oq uyning Ma’muriy-byudjet boshqarmasi (Office of Management and Budget, OMB) rahbari Rasc Vout X (sobiq Twitter) platformasida 4 mingdan ortiq xodim ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi.

Eng katta zarar quyidagi vazirliklarga tegadi:

  • Moliya vazirligi — 1400 dan ortiq ishdan bo‘shatishlar;

  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi (HHS) — 1100 dan ortiq.

Yana yuzlab odamlar quyidagi idoralarda ishidan ayriladi:

  • Ta’lim vazirligi,

  • Savdo vazirligi,

  • Energetika vazirligi,

  • Uy-joy qurilishi va shaharlarga rivoj berish vazirligi,

  • Ichki xavfsizlik vazirligi,

  • Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA).

Demokratlar ozchilik yetakchisi Chak Shumer Tramp va OMB direktori Voutni «mamlakatimizni himoya qilayotgan odamlarga ataylab zarar yetkazayotganlikda» aybladi.

📌 Eslatib o‘tamiz, odatda “shatdaun” davrida federal xodimlar vaqtincha majburiy ta’tilga chiqariladi, keyinchalik ular ishga qaytadi — ko‘pincha ularga bu davr uchun kompensasiya ham to‘lanadi.

Kiritildi: 16:46 14.10.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!