Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora ko‘rilmayapti

28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora ko‘rilmayapti

Mahallalarga mablag‘ ajratilib, sharoit yaratilgani uchun shu yilning o‘zida 237 ming oila kambag‘allikdan chiqdi. Lekin hozirda 28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora ko‘rilmayotgani qayd etildi.

Mahalla tizimi uchun mas’ul rahbarlarga bugundanoq ishchi guruhi tuzish va ushbu 28 ta tumanga borib, ulardagi ishsizlik, kambag‘allik va jinoyatchilikni kelasi yili 2 karra qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.

Mahallalarga 2 ming kvadrat metrgacha bo‘sh davlat ob’ektlarini auksionga chiqarish vakolati berilgan. Masalan, Samarqand shahar Shodlik mahallasi 1,5 ming kvadratli bino sotuvidan mahalla byudjetiga 5 milliard so‘m tushirgan.

–Ko‘ryapsizlarmi, qolgan mahallalarda ham “ettilik” izlansa, 3 mingga yaqin bunday binolarni sotish orqali ancha masalani hal qilsa bo‘ladi, – dedi Prezident.

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi.

Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Kiritildi: 15:15 14.10.2025. O'qildi: 797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!