Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Mahallada “ettilik” tizimi joriy qilinib, kredit, subsidiya, kompensasiya, moddiy yordam ajratish kabi 100 dan ziyod xizmatlar mahalla darajasiga tushirilgani hisobiga 7,5 million fuqaro kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik darajasi 2 barobar qisqardi. Shuningdek, 3,5 ming mahalla qiyofasi zamonaviy ko‘rinishga keldi.

Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi. Ular boshchiligida “ettilik” vertikal tizimi yaratildi, yetarli sharoit, resurs va vakolatlar berildi.

Mahalladagi har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, ish o‘rni yaratish uchun mahallalarga bankir va soliqchilar bog‘lab berildi, infratuzilmaga ham alohida mablag‘ ajratilmoqda.

Davlatimiz rahbari bulardan samarali foydalanib, natija ko‘rsatayotgan mahallalar ko‘pligi, lekin ayrimlari yagona jamoa bo‘lib ishlab ketishni haligacha o‘rganmaganini ko‘rsatib o‘tdi.

“Norin tumanidagi Sho‘rariq mahallasiga borganim viloyat hokimlari, respublika, viloyat, tuman rahbarlari, “ettilik”ni ko‘zini ochib, ularni sifat va kompetensiyani oshirishga undashi kerak”, – dedi Prezident.

Kiritildi: 14:17 14.10.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!