Bugun, 13 oktyabr kuni soat taxminan 03:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 10V029 “Jartepa q. - Tarnov.q” avtomobil yo‘lida haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan I.S “Nexia 3” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi pastlikka tushib ketgan.
Natijada haydovchi yengil tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.