Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Ispaniyaga tahdid qildi

Tramp Ispaniyaga tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Madrid mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishdan bosh tortgani sababli Ispaniyadan import qilinadigan mahsulotlarga tariflar joriy etish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlarga ma’lum qilgan.

"Men Ispaniyadan juda noroziman. Ular mudofaa xarajatlarini 5 foizga oshirmagan yagona NATO davlatidir. Men Ispaniyani tariflar bilan jazolashni o‘ylayapman", - dedi Tramp.

Avvalroq Tramp Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuvda Ispaniya mudofaa xarajatlari bo‘yicha NATOga a’zo davlatlardan sezilarli darajada ortda qolayotganini ta’kidlagan edi.

"Bizda bitta ortda qolganimiz bor, bu Ispaniya. Biz ularga qo‘ng‘iroq qilib, nima uchun orqada qolishayotganini aniqlashimiz kerak. Ularda hech qanday bahona yo‘q. Balki, ochig‘ini aytganda, ularni NATOdan chiqarib yuborish kerakdir", - deya qo‘shimcha qildi u.

O‘z navbatida, Ispaniya hukumati mudofaa xarajatlarini belgilangan darajaga oshirmasdan turib, o‘z qurolli kuchlarining tayyorgarligini oshirish bo‘yicha NATO bilan kelishilgan barcha tashabbuslarni amalga oshirishga qodirligini da’vo qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!