Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kiyev tunni elektr energiyasiz o‘tkazdi

Kiyev tunni elektr energiyasiz o‘tkazdi

Ukraina poytaxtining markazi va bir qancha tumanlarida elektr energiyasi uzildi.

Bu haqda Kiyev shahar hokimiyati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevdagi elektr inshootlaridan birida tarmoqning haddan tashqari yuklanishi tufayli muammo yuzaga kelgan.

"Goloseevskiy, Shevchenkovskiy va Pecherskiy tumanlarida elektr ta’minoti qisman uzilishlar sodir bo‘ldi”, — deyiladi Telegram-kanaldagi xabarda.

Shuningdek, elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli ayrim metro bekatlarida qisqa muddatga kuchlanish pasaygani, tizim zaxira quvvatiga o‘tgani qayd etildi.

"Uzilish bir daqiqagacha davom etdi. Hozirda barcha stansiyalar normal rejimda, metro esa uzluksiz ishlamoqda", - deya ta’kidladi ma’muriyat.

Ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mutaxassislar elektr ta’minotini tiklash ustida ishlamoqda.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!