Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Odessa merini Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi

Zelenskiy Odessa merini Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Odessa meri Gennadiy Truxanovni Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi.

Bunday qaror Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan taqdim etilgan Truxanovning Rossiya fuqaroligi va Moskva bilan aloqasi borligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilingan.

Amaldorga nisbatan tergov harakatlari boshlangan. Shu bilan birga, Odessani boshqarish uchun yangi shahar harbiy boshqarmasi yaratilmoqda, uning rahbarligi hozirda Dnepropetrovsk viloyati gubernatori Sergey Lisakga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada shahar merlari mahalliy aholi tomonidan saylanadi. Odessa hozirda Rossiya-Ukraina urushidagi Rossiyaning asosiy nishonlaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!